Rubin Xebay: Tez orada jamoamning Tojikistondagi yig‘iniga qo‘shilaman

2023 yilgi mavsumda 😃“Andijon” jamoamiz tarkibida o‘zining ajoyib o‘yinlari hamda gollari bilan muxlislarning mehrini qozongan albaniyalik legioner Rubin Xebay yaqin vaqtlar ichida ta’tildan qaytadi.

Qolaversa, ⚽️Superliga yulduziga aylangan futbolchimizga turli xil qiziqishlar borligi to‘g‘risida ham gap-co‘zlar yo‘q emas.

Bu xususida futbolchi “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:

“Men tez orada “Andijon”ning Tojikistondagi yig‘iniga qo‘shilaman va jamoam bilan tayyorgarlikni boshlayman. Mening “Andijon” klubi bilan amalda shartnomam bor. Menga hech qanaqa taklif yo‘q.

Men professional futbolchiman. Agar klubga yaxshi taklif tushsa, biz bu haqida gaplashamiz va ikki tomon uchun nima yaxshiroq ekanini hal qilamiz.

Lekin menda boshqa klublar bo‘yicha hech qanaqa ma’lumotlar yo‘q”.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...