Ilhom Abdugʻaniyev: “Futbolchilarda ishtiyoq juda baland”

Jamoamizninig iqtidorli futbolchisi bilan muloqot

Oldin xabar berganimizdek, “Andijon”ning Tojikistondagi yigʻini yakunlandi. “Burgutlar” oldindan ishlab chiqqan rejasiga binoan yangi mavsum uchun oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib borishmoqda. Eʼtibor berayotgan boʻlsangiz, jamoamiz aʼzolari ikkita mamlakatda tayorgarlik jarayonlarini olib borishyapti. Avvaliga Tojikiston boʻlsa, endi Turkiyada yigʻinning ikkinchi bosqichi olib boriladi. Buning uchun klub rahbariyati tomonidan barcha sharoitlar muhayyo qilinyapti.

Oʻtgan yilgi tarkibning oʻzagi saqlanib qolingan. Bu esa juda muhim. 2023-yilgi mavsumda oʻz oʻyinlari bilan muxlislarni quvontira olgan yarim himoyachi Ilhom Abdugʻaniyev ham joriy yilgi chempionatga koʻtarinkilik ruhi ostida tayyorlanmoqda. Chunki u ishqibozlarning jamoadan umidi katta ekanligini yaxshi sezib turibdi.

Abdugʻaniyevni yangi mavsumda yanada porlashi kutilmoqda. Buni uning oʻzi ham niyat qilgan va maqsadi jiddiy. Futbolchi Tojikistondagi dastlabki yigʻinda jamoadoshlari kabi oʻz ustida jiddiy ishladi va bu borada shunday dedi:

“Avvalambor, bizni kuzatib kelayotgan muxlislarimizga alangali salom. Tojikistonda olib borgan yigʻinimizga kelsak, barchasi koʻngildagidek oʻtdi va foydali boʻldi, deb oʻylayman. Barchamiz masʼuliyatni toʻliq his qilgan holda jiddiy ishladik. Murabbiylar oʻzlari xohlagan sharoitda mashgʻulotlar olib bordik. Ayniqsa, jismonan, texnik va taktik tomonlama ham yaxshigina tayyorlandik”.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, futbolchilardagi kayfiyat hamda ishtiyoq ham muhim sanaladi. Bu borada “Andijon” oʻyinchilarida barchasi aʼlo darajada. Abdugʻaniyev aynan ishtiyoq masalasida quyidagilarni aytdi:

“Futbolchilarda ishtiyoq juda baland. Har bir mashgʻulotda hamma bor kuchi bilan mehnat qildi. Jamoamizga yangi qoʻshilgan iqtidorli yosh oʻyinchilar ham juda yaxshi darajada kirishib ketishdi. Yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrish ishlari hammada yuqori. Shuni aniq ayta olamanki, oʻtgan yilgi koʻrsatgan natijamizni yanada yaxshilashga harakat qilamiz”.

Yuqorida aytib oʻtganimizdek, yangi mavsumdan ham ishqibozlarning sevimli jamoasidan umidi katta, bu turgan gap. “Burgutlar” va shu jumladan Abdugʻaniyev ham oʻz kuchini koʻrsata olishiga ishonamiz.

“Yangi mavsumdan koʻp narsalarni kutyapman. Jamoamizni bu yil yubiley 60 yilligi va biz futbolchilar qoʻldan kelganicha yuqori oʻrinni egallab muxlislarimizni xursand qilishga astoydil harakat qilamiz. Umumiy qilib aytganda, bizni jamoa juda ajoyib. Ahil va inoq. Nasib qilsa, bu yil yuqori oʻrinlarga kurasha olamiz”, – deya qoʻshimcha qildi Ilhom.

Sharhlar (5)

  1. Фараходбек

    Жамоамизда узгариш болами админ

  2. Assalamu alaykum Andijon olg’a

  3. gap yoq omadilarni bersin

  4. Фарходбек

    Андижон рахбари тезлаштирин слекцияни ухламасдан про лигага тушуб кетиб комелик яна

  5. 👏👍

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...