“Andijanka” keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

Oldin xabar berganimizdek, Toshkentda futzal boʻyicha ayollar OʻFA Kubogi musobaqasi boshlangan. Unda ishtirok etayotgan “Andijanka” dastlabki turda “Surxon-W”ni 5:2 hisobida magʻlub etgandi. Ikkinchi turda “Buxoro-W”ga 1:11 hisobida imkoniyatni boy bergan Bahodir Abdullayev jamoasi bugun “Metallurg-W” jamoasi 5:2 hisobida magʻlubiyatga uchratildi.

“Andijanka” jamoamiznning boshlangʻich tarkibi: Oygul Yoqubova, Dinara Orziqulova, Gulshoda Sobirova, Zuxra Obidova, Moxinabou Imonjonova.

Gollarga Farangiz Ubaydullayeva, Dinara Orziqulova va Dilnoza Zokirova (3 ta) mualliflik qildilar.
“Andijanka” guruhdan ikkinchi oʻrinni egallab, keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Sharhlar (1)

  1. Mansur Sadirdinov

    Very good 🙂

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...