Rasman: Sunnatilla Abdullajonov “Andijon” futbolchisi!

Yangi mavsum uchun tayyorgarlik koʻrayotgan “Andijon” jamoamiz tarkibini yanada kuchaytirish maqsadida seleksiya ishlarini olib bormoqda. Bu borada bir qator oʻyinchilar bilan qizgʻin muzokaralar davom etmoqda va bu holat oʻzining yakuniy bosqichiga yetib kelgan.

“Andijon” matbuot xizmati esa klubga yangi qoʻshilgan futbolchilarni rasman shartnoma imzolanishi bilan eʼlon qilib boradi va dastlabki transfer amalga oshirildi.

Oxirgi ikki mavsumni “Neftchi” tarkibida oʻtkazgan iqtidorli yarim himoyachi Sunnatilla Abdullajonov rasman “Andijon” jamoasi aʼzosiga aylandi. Futbolchi bugun shartnomaga imzo chekdi va kelishuv muddati bir yilga moʻljallangan.

1996-yilning 22-oktyabr sanasida Toshkentda tavallud topgan futbolchi andijonlik muxlislar uchun begona emas. Boisi, 2018-yilgi mavsumda u “Andijon” sharafini himoya qilgan.

Abdullajonov shuningdek, faoliyati davomida “Bunyodkor”, “Obod”, OKMK, “NBU-Osiyo”, “Qizilqum” va “Turon”da ham toʻp surgan.

Ishonamizki, Sunnatilla Abdullajonov oʻzining ajoyib oʻyinlari bilan jamoamizning gʻalabalariga oʻz hissasini qoʻshadi.

“Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!

“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (2)

  1. Muxammadsodiq

    Yana boshlandimi 1 yillik shartnomalar. Abdunabiyev xam bu boladan kuchsizmasidi

  2. Sizla nima qilyapsila tarkib shumi kuchaytirgalinlar 60 yilka pro lilaga ravona bolamizmi

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...