“Andijon” jamoamizning Turkiyadagi barcha raqiblari maʼlum

Maʼlumki, “Andijon” jamoamiz 24-yanvar kuni xorij yigʻinini oʻtkazish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahriga yoʻl oladi. U yerda oldindan rejalashtirilganidek, jamoamiz 7 ta oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Shuni taʼkidlash oʻrinliki, “Andijon”ning u yerdagi barcha sparring-raqiblari nomi maʼlum boʻldi.
Jumladan, 9-fevral kuni Slovakiyaning “Belusa” jamoasi raqib vazifasini bajaradi.

12-fevral sanasiga esa ikkita oʻyin belgilangan boʻlib, ulardan biri Ukrainaning “Oleksandriya” klubiga qarshi oʻtishi lozim edi. Biroq oʻzgarish yuz berdi va ushbu klubning oʻrniga 12-fevral sanasida Latviyaning “Valmiyera” jamoasiga qarshi bahs olib boriladi. Ushbu raqiblar haqida keyinroq batafsil maʼlumot taqdim etamiz. Rejaga koʻra, jamoamiz 4 va 12-fevral kunlariga ikkita oʻyinda maydonga tushadi.

“Andijon”ning Antaliya yigʻinidagi barcha raqiblari
27-yanvar (shanba)
“Andijon” – Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi
1-fevral (payshanba)
“Andijon” – SSKA (Rossiya)
4-fevral (yakshanba)
“Andijon” – “Selimbar” (Ruminiya)
“Andijon” – “Chernomores” (Ukraina)
9-fevral (juma)
“Andijon” – “Belusa” (Slovakiya)
12-fevral (dushanba)
“Andijon” – “Korvinul Xunedora” (Ruminiya)
“Andijon” – “Valmiyera” (Latviya)
“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (3)

  1. Nurmuhammad

    Olga andijon

  2. Nurmuhammad

    Andijon olgaa biz sen bilan

  3. Nurmuhammad

    Andijon olgaa biz sen bilan goo

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...