Jamoamiz Antaliyadagi yigʻinini boshladi

Bugundan “Andijon” jamoamizning Antaliyadagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini boshlandi. Oldin xabar berib oʻtganimizdek, bugun jamoamiz aʼzolarini oʻz bagʻriga sigʻdirgan samolyot Toshkent-Antaliya yoʻnalishi boʻylab parvoz qilgan holda oʻz manziliga yetib keldi.

“Andijon” klubi Antaliyadagi muhtasham 5 yulduzli “Jakaranda” mehmonxonasiga joylashdi. Taʼkidlash joizki, barcha shart-sharoitlarga ega boʻlgan ushbu maskan shugʻullanish uchun juda qulay va shinam.

Futbolchilarning kayfiyati aʼlo darajada va barcha asosiy eʼtiborini mashgʻulotlarga qaratgan. Bugunning oʻzida bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov boshchiligida jamoamiz aʼzolari mehmonxonaning mashgʻulot maydonida ilk tayyorgarlik jarayonlarini ham oʻtkazdilar.

Jamoamizni u yerda 7 ta nazorat uchrashuvlarini oʻtkazishi haqida rasmiy sahifalarimiz orqali maʼlumot berib oʻtganmiz. Eslatib oʻtamiz, ilk oʻyin 27-yanvar kuni Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasiga qarshi boʻlib oʻtadi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (2)

  1. Xebay korinmayaptiyu birgami komanda bilan

  2. Kimlar ketti tòliq yozilar

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...