Abdurashid Ismoilov “Andijon” U-21 jamoamizni boshqaradi

“Andijon” jamoamizga doir yana rasmiy xabarni eʼlon qilamiz.

Gap shundaki, U-21 tarkibimiz ham allaqachon yangi mavsum uchun tayyorgarligini boshlab yuborgan. Endilikda “Andijon” U-21 jamoamizni mahalliy mutaxassis Abdurashid Ismoilov boshqaradi va ushbu mutaxassis bilan shartnoma imzolandi. Hozirda “Andijon” yoshlar tarkibi saralanyapti va iqtidorli yigitlar koʻrikdan oʻtkazilyapti.

Abdurashid Ismoilovni muxlislarimiz yaxshi bilishadi. U 1971-yilning 3-mart kuni Andijon shahrida tavallud togan. Abdurashid Muxtorovich faoliyatini “UzDongJu”da 2007-yili boshlagan. 2009-yildan “Andijon” klubi oʻrinbosarlariga murabbiylik qilgan va 2014-yilgacha faoliyat olib borgan. Sobiq klubiga qaytgunga qadar “Andijon-SGS”da sport direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (2)

  1. Omadizi bersin

  2. Bowlagan iwizi omadini bersin

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...