Aleksandr Xomyakov Janubiy Koreya U-23 termasiga qarshi oʻyindan soʻng qanday fikr bildirdi?

“Andijon”ning Janubiy Koreya U-23 terma jamoasiga (0:0) qarshi oʻyindan soʻng jamoamiz ustozi Aleksandr Xomyakov oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.


“Ikki xil bosqichda tayyorgarlik koʻrayotgan jamoalar ekanligi koʻrindi. Raqib jamoa bizdan ancha kuchli. Ular tezkor va xarakatchan. Bizda hali bunday oʻyin boʻlmagan. Shunday boʻlsa ham hujumlar uyushtirdik, biroq toʻp darvozaga kirmadi. Bir-ikkita shunday vaziyatlardan soʻng bizni “yopdi”.


Biz endi boshladik. Ular esa ancha yuqori bosqichga chiqib borishibdi. Jismoniy holatimiz bilintirdi, hech nimaga ulgurmadik. Oʻyinda ulardan saboq oldik. Xursand qilgani, bu bizning birinchi oʻyinimiz. Endigina tayyorgarliklarni boshladik, hali vaqtimiz bor, ishlash uchun. Oʻz xarakterimizni koʻrsatishda davom etamiz.


Biz yaqqol vaziyatlarni kam yaratdik, lekin raqib 2-3 ta yaxshi vaziyat yarata oldi. Gol oʻtkazib yubormaganimiz meni xursand qildi. Himoyadan turib oʻynadik, ha, gol ursa boʻladigan bitta vaziyatimiz boʻldi. Hozir bir nima deyish qiyin, ishlashda davom etamiz. Asosiysi, yigitlar xohish va irodalarini koʻrsatishdi va berilgan vazifalarini bajarishdi”, – deydi Aleksandr Andreyevich.
“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (1)

  1. Hammasi yaxshi bo`ladi. Biz ishonamiz

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...