Antaliyadagi 5-kun

Bugun jamoamizning Antaliyadagi beshinchi kuni. Kecha Janubiy Koreya U-23 termasiga qarshi nazorat bahsida 0:0 hisobini qayd etgan vakillarimiz bugun rejaga koʻra yana mashgʻulotlarini davom ettirmoqda. Avvaliga maydonda, soʻngra trenajyor zalida shugʻullanishdi.

Tarkibda qanday oʻzgarishlar yuz berayotgani ham muxlislarga qiziq, albatta. Mashgʻulotlarimizga yangi futbolchilar qoʻshilishgan. Avvaliga “Metallurg”dan Bektemir Abdumannonov va “Olimpik”dan Sherzod Esanov jalb etildi. Bilasiz, Esanov oʻtgan mavsum birinchi davradan keyin safimizni tark etib, “Olimpik” klubiga ijaraga berilgandi.

Bulardan tashqari, “Andijon-SGS”dan Abubakr Rejabboyev, qolaversa, iqtidorli hujumchi Diyor Toirov ham “Andijon” bilan Antaliyadagi yigʻinda qatnashishyapti. Oʻtgan mavsum “Turon” sharafini himoya qilgan Marlen Chobanov ham jamoamizning yigʻinlariga qoʻshildi.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda Sunnat Abdullajonov bilan shartnoma imzolangani xususida rasmiy xabar berganmiz.

Seleksiya ishlari davom ettirilyapti. Yuqoridagilar bilan shartnoma imzolangach, bu xususida rasmiy sahifalarimiz orqali rasman eʼlon qilamiz.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...