Igor Litovka: “Asosiysi, yaxshi tayyorgarlik koʻrish”

“Andijon” jamoamizning Antaliyadagi yigʻini doirasida Janubiy Koreyaga qarshi ilk nazorat bellashuvida darvozani qoʻriqlagan Igor Litovka oʻz taassurotlarini quyidagicha izohladi:

“Yigʻindagi birinchi oʻyinni bunday jamoa bilan boshlash juda qiziqarli. Ular bu yerda anchadan buyon yaxshi tayyorgarlik koʻrishibdi. Lekin biz ham yomon boshlamadik, durang natija qayd etdik.

Bunday yaxshi jamoa bilan yomon natija emas. Gol urish uchun vaziyatlar boʻldi, lekin hozir asosiysi, natija emas, balki yaxshi tayyorgarlik. Boz ustiga kerakli yuklamalar olmoqdamiz. Saviyali futbol namoyish etdik”, – deydi Litovka.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...