Rasman! Rubin Xebay Saudiya Arabistoni klubiga transfer qilindi

“Andijon” jamoamizning albaniyalik toʻpurar legioneri Rubin Xebay oʻtgan mavsum davomida nimalarga qodirligini namoyish etdi va qisqa fursat ichida oʻzidan iliq taassurot qoldira oldi. Muxlislar mehrini qozondi.

Oʻtgan vaqt mobaynida albaniyalik hujumchiga qiziqishlar boʻldi. Ammo futbolchi “Andijon” bilan ikki yillik shartnoma imzolagani bois uning yana bir yili amalda edi. Xebayga jiddiy qiziqish bildirgan klublar orasida Saudiya Arabistonining “Al Oruba” jamoasi ham boʻlib, mazkur klub jiddiy taklif bilan chiqdi. Natijada jamoamiz bilan olib borilgan muzokaralardan soʻng “Andijon” Xebayni “Al Oruba” klubiga transfer qilishga rozilik bildirdi. Albatta, “Andijon” Rubinni sotish niyatida emasdi. Biroq Xebayning xohish va istagidan kelib chiqqan holda mazkur transfer amalga oshirildi.

Maʼlumot uchun, “Al Oruba” Saudiya Arabistoni birinchi divizionida ishtirok etmoqda. Ayni paytda jamoa turnir jadvalida 31 ochko bilan 5-oʻrinni egallab turibdi.

Rubin bugun Saudiya Arabistoniga joʻnab ketadi va klubida tibbiy koʻrikdan oʻtganidan keyin shartnoma imzolaydi.

Xebay oʻtgan mavsumda jamoamizdagi debyut yilida 27 oʻyinda ishtirok etib, maydonda 2138 daqiqani oʻtkazdi. Raqiblar darvozasiga 14 ta gol urdi hamda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu orqali u “Andijon”ning eng yaxshi toʻpurariga aylandi. Superligada esa toʻpurarlar orasida ikkinchi boʻldi. Mavsum yakunlariga koʻra, Xebay Superliganing eng yaxshi futbolchisi boʻldi va yilning ramziy terma jamoasidan joy oldi.

Biz Xebayga jamoamizdagi mehnati va gʻalabalarga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz va uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (5)

  1. Спасибо за поддержку и за всё Рубин✊👏✊

  2. Qanchaga ketti, arzon ketib qomadimi

  3. Zoʻr futbolchisi edi,nech pulga ketdi

  4. Nech pulga ketti shu qiziq

  5. Muhammadsodiq

    Qanchaga transfer qilindi?

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...