Antaliyadagi 7-kun

Sevimli jamoamiz Turkiyaning Antaliya shahridagi oʻquv-mashgʻulotlarini bir maromda davom ettiryapti.
Bugun ham mashgʻulotlar ikki mahaldan olib borildi. Dastlab futbolchilarimiz trenajyor zalida va “Jakaranda” mehmonxonasining maydonida shugʻullanishgan boʻlsa, kechki tayyorgarlik jarayoni “Side Ataturk” mashgʻulot maydonida boʻlib oʻtdi. Bugun tarkibga tojikistonlik futbolchi qoʻshildi. U hozircha koʻrikdan oʻtyapti.
Futbolchilarimiz mashgʻulotlarni aʼlo kayfiyatda oʻtkazishyapti. Eslatib oʻtamiz, jamoamizni oldinda 1-fevral kuni Moskvaning SSKA klubiga qarshi juda qiziqarli bellashuv kutib turibdi.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...