Abdurahmon Komilov: “Davolanish yaxshi oʻtyapti”

“Andijon” jamoamizning isteʼdodli futbolchilaridan biri Abdurahmon Komilov Tojikistondagi yigʻin chogʻida oyogʻidan jarohat olgani sababli Turkiya safaridan chetda qoldi va hozirda davolanish jarayonini oʻtkazmoqda. Futbolchi esa hozirgi holati haqida shunday dedi:
“Xudo xohlasa, barcha davolanishlar yaxshi oʻtyapti. Oʻzimizni shifokorimiz bilan har kuni gaplashib turibman, nazorat qilib turibdi.
Jamoamiz Turkiyadan qaytsa va oyogʻimdagi holat yaxshi boʻlsa tarkibga qoʻshilaman. Umid qilamanki, ungacha yaxshi boʻlib qoladi. Jamoaga tezroq qoʻshilishni oʻzim ham xohlayapman”, – deya fikr bildirdi Komilov, “Andijon” matbuot xizmatiga.

“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...