SSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov: “Tajovuzkor raqibga qarshi oʻynadik, ularni oldingi oʻyinini tomosha qilgandik”

SSKA – “Andijon” (2:0) oʻrtasidagi uchrashuvdan keyin “armiyachilar” bosh murabbiyi Vladimir Fedotov “Andijon” matbuot xizmati uchun biroz vaqt ajratdi va oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

  • Vladimir Valentinovich, avvalo bizga oʻyindan olgan taassurotlaringiz bilan oʻrtoqlashsangiz?
  • Bugungi uchrashuvdan taassurotlarim yaxshi. Biz tajovuzkor raqibga qarshi oʻynadik. Yakka kurashlarga boy bellashuv boʻldi, deb oʻylayman. “Nagruzka”ga asoslangan oʻyin kechdi. Qaysidir vaziyatlarda imkoniyatlarimiz yaxshi boʻldi, gollar ham urdik. Oʻyinimizga yana nimadir yetishmadi. Masalan, bir qancha vaziyatlarda bizga aniqlik yetishmaganini aytishim mumkin. Oʻyinning tempi va uning darajasi yuqori kechdi. Antaliyadagi birinchi uchrashuvimizda yaxshi sparring-raqib bilan maydonga tushdik.
  • Jamoangiz ilk bor “Andijon” klubiga qarshi oʻynadi. Umumiy maʼnoda oladigan boʻlsak, “Andijon” haqida nima deya olasiz?
  • Adashmasam, bungacha ular bitta oʻyinda oʻynashgandi va biz buni tomosha qilishga erishdik. Koʻrinib turibdiki, ularda ham dastlabki xorij yigʻini tashkil qilingan. Albatta, jamoani yaxshi harakat qilayotgani sezilib turibdi. Bunday yigʻinlarda hamma jamoa har xil holatda boʻladi. Turli xil futbolchilarni koʻrikdan oʻtkazishadi. Hozir bizda ham, ularda ham xuddi shunday jarayon davom etmoqda. Har hil “nagruzkalar” va tayyorgarlik jarayonlarida turli xil holatlar boʻladi. “Andijon” uchun ham, biz uchun ham yaxshi oʻyin kechdi, deb oʻylayman.
  • SSKA futbolchisi Abbos Fayzullayev hozirda Oʻzbekiston terma jamoasi bilan Qatardagi Osiyo Kubogida qatnashyapti va gollar uryapti. Tabiiyki, uni sinchkovlik bilan kuzatib borayotgandirsiz…
  • Albatta, Fayzullayevni kuzatyapmiz. Shubhasiz, Abbosga va Oʻzbekistonga muxlislik qilyapmiz. U yerda bizning oʻyinchimiz toʻp suryapti. Shuning uchun Osiyo Kubogidagi faoliyatiga beeʼtibor emasmiz. Fayzullayev qanday oʻynayotganini barchamiz koʻryapmiz va bundan xursand boʻlyapmiz. U barchani oʻziga qaratmoqda. Butun mamlakatining olqishiga ham sazovor boʻlyapti. Abbosga yana shunday harakat qilishini, mahoratini koʻrsatib, yanada sifatli oʻynab, gollar urishini xohlab qolamiz. Keyingi uchrashuvlarda faqat gʻalabalar tilaymiz.
    “Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...