Giorgi Mikadze: “Andijon”ga omad tilayman, oldin men u yerda yashaganman”

“Andijon” – “Sabultaro” (1:2) o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng gruziyaliklar bosh murabbiyi Giorgi Mikadze “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirdi:

“Andijon” juda yaxshi jamoa ekan. Ularni o‘tgan safargi SSKA bilan o‘yinini kuzatgan edik. Tartibli va ishonchli o‘yin ko‘rsatar ekan.

Bu o‘rtoqlik o‘yinlaridagi g‘alaba yoki durang hech nimani hal qilmaydi. O‘yin yaxshi o‘tdi. “Andijon”ga chempionatda omad tilayman. Sababi, oldin men u yerda yashaganman, ajoyib xotiralar qolgan, yaxshi tilaklarim faqat “Andijon” uchun.

Ha, “UzDongJu”da o‘sha paytdagi jamoadoshim Elyor Rahmatullayev bilan ko‘rishdim, bundan men juda xursandman”, – dedi Mikadze klub matbuot xizmatiga.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...