Antaliya “kundaligi”

Bugun “Andijon” jamoamizning Antaliyadagi 14-kuni. Barcha ishlar reja asosida davom etyapti.

Yaqinda ko‘rikka taklif qilingan Tojikistonlik Salam Ashurmamadovga javob berildi. Himoyachi Ilhom Alijonov esa umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi.

Darvozabon Eldor Adhamov qo‘lidan jarohat olgani bois vaqtincha safdan chiqdi. Uning sog‘ligi borasida jamoamiz shifokori Salomxon Qosimov quyidagicha ma’lumot berdi:

“Afsuski, darvozabonimiz Eldor Adhamov qo‘lidan jarohat oldi va rentgen tekshiruvlarini o‘tkazganimizdan so‘ng uning o‘ng qo‘l kaft suyagining to‘rtinchisida sinish borligi aniqlandi va Antaliya shahridagi “Antaliya Hospital” shifoxonasida o‘ng qo‘l kaft suyagining to‘rtinchisini repozitsiya – tiklab to‘g‘rilash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Qo‘liga gips bog‘lamasi qo‘yilgan. Hozirgi kunda holati yaxshi, xavotirlanishga hojat yo‘q. Eldor Adhamov Xudo xohlasa, mart oyining boshlariga asosiy mashg‘ulotlarga qo‘shiladi”, – deydi jamoa shifokori.

Biz ham Adhamovga sog‘lik tilaymiz. Jamoaning mashg‘ulotlari esa reja bo‘yicha davom etyapti. Futbolchilar 100 foiz mehnat va ishtiyoq bilan shug‘ullanishmoqda. Kunning dastlabki qismidagi mashg‘ulot “Andijon” matbuot xizmatining obyektiviga tushirildi.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...