“Andijon” U-21 jamoamiz Andijon viloyati hokim Kubogi musobaqasida ishtirok etadi

“Andijon” U-21 jamoamiz ham klub qarorgohida yangi mavsum uchun tayyorgarligini davom ettirmoqda. Abdurashid Ismoilov boshchiligidagi yoshlarimiz rejaga binoan mashgʻulotlarni olib borishmoqda.

“Andijon” U-21 jamoasi tez orada boshlanadigan Andijon viloyati hokimi Kubogi musobaqasida qatnashadi. 13-20-fevral kunlari davomida oʻtkazilishi rejalashtirilgan turnirda Abdurashid Ismoilov oʻz shogirdlarining imkoniyatlarini koʻrib oladi va bu tabiiyki murabbiylarimiz uchun ayni muddaodir.

Jamoamiz “Hokim Kubogi” musobaqasida “A” guruhida ishtirok etadi. Raqiblarga toʻxtaladigan boʻlsak, “Andijon FA-1”, “Fargʻona FA”, “UzTongXong Ko” va Andrey Kanchelskis boshqarayotgan Qirgʻizistonning “Muras Yunayted” jamoalaridir.

Shuningdek, musobaqaning “V” guruhida “Talant” (Qirgʻiziston), “Navbahor U-21”, “Oq oltin”, “Barsa akademiya” (Qirgʻiziston), “Andijon FA-2“ va “Andijon VBOʻFM” jamoalari joy olishgan.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...