Dushan Kramlik: “Gol urganimizdan keyin ”uxlab qoldik”

“Andijon” – “Belusha” (1:1) oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvidan soʻng slovakiyaliklar bosh murabbiyi Dushan Kramlik “Andijon” matbuot xizmatiga taassurotlarini aytdi:

“Yaxshi oʻyin boʻldi. Uchrashuv shiddatli kechdi. Birinchi boʻlimda toʻpga nisbatan yaxshi kurashni koʻrdik. Imkoniyatlar boʻldi. Ikkinchi boʻlimni yaxshi boshladik. Gol urdik. Ammo urgan golimizdan keyin “uxlab qoldik” va darvozamizdan toʻp oʻtkazib yubordik.

Ikkinchi boʻlimda har ikkala tomonda ham gol urish uchun imkoniyatlar yaratildi. Adolatli durang. Uchrashuv uchun rahmat”, – dedi Kramlik, “Andijon” matbuot xizmatiga.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...