Jamoamizning Antaliyadagi 18-kuni

Bugun “Andijon”ning Antaliyadagi 18-kuni. Kecha Slovakiyaning “Belusha” kubiga qarshi maydonga tushgan jamoamiz aʼzolari bugun mashgʻulotni davom ettirdilar.

Dastlab bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov boshchiligida futbolchilar trenajyor zalida ishlashdi. Shundan soʻng mashgʻulot jarayoni maydonga koʻchdi. Taʼkidlash lozimki, futbolchilar oʻz ustilarida jiddiy ishlashyapti va astoydil mehnat qilishmoqda. Muhimi, murabbiylarning koʻrsatmasi asosida shugʻullanishmoqda. Mashgʻulotlar quvnoq tarzda olib borildi.

Kecha jamoamiz safida “Belusha”ga qarshi maydonga tushgan koʻrikdagi futbolchi qozogʻistonlik Omirtayevga javob berildi. Tez orada yangiliklar boʻladi. Bizni kuzatishda davom eting!
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...