Ildar Mamatkazin: “Jamoamizda gʻolibona ruh yaxshi shakllangan

“Andijon” klubining Antaliya shahrida davom etayotgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari davomida bir qator oʻrtoqlik uchrashuvlari ham oʻtkazilayotganidan xabardorsiz. Klubning har bir aʼzosi bor kuchini safralagan holda mashgʻulotlarda astoydil mehnat qilishyapti. Jumladan, jamoa sardori Ildar Mamatkazin ham. Unda yetakchilarga xos xususiyat mavjud. Shu bois ham u har qanday oʻyinda oʻzini ayamasdan, jonini berib oʻynaydi. Kuni kecha esa Slovakiyaning “Belusha” jamoasiga qarshi bellashuvda u biroz jarohat oldi.

– Ildar jarohatingiz haqida soʻramoqchiman. Jiddiy emasmi?

-Jiddiy emas. Har doimgidek boʻlib turadigan holat. Ozgina qoshim yorildi, shu xolos. Hammasi joyida.

-Slovakiya klubiga qarshi oʻyindan qanday taassurot oldingiz?

-Oʻying teng kurashlar ostida oʻtdi. Ularda ham, bizda ham imkoniyatlar boʻldi. Durangga mos uchrashuv boʻldi. Jismoniy yuklamalar ostida oʻynayapmiz. Asosiysi, natija emas. Turli taktik sxemalar shu oʻyinlar orqali sinab koʻrilyapti. Raqib ham oʻziga yarasha shakllangan. Taktik, texnik va jangovar jihatlarga ega. Bu jamoa uchinchi divizion vakili boʻlishiga qaramasdan ancha yaxshi taassurot qoldirdi. Yevropa futbolining havosi borligi sezilib turibdi.

-Antaliyadagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini hakida nima degan boʻlardingiz?

-Antaliyadagi yigʻinimiz juda yaxshi oʻtyapti. Asosan jismoniy tayyorgarlik va oʻyin amaliyotiga ega boʻlyapmiz. Har xil taktik sxemalarni oʻyinlar orqali sinovdan oʻtkazyapmiz. Sharoitlarga keladigan boʻlsak, barchasi aʼlo darajada. Jamoa ichidagi muhit ham juda yaxshi. Futbolchilar mashgʻulotlarda tinimsiz ravishda oʻzlarini ayamasdan bor kuchini sarflayaptilar.

-“Andijon” chempionatning ilk turini safarda OKMKga qarshi oʻyin bilan boshlaydi. Bu borada fikringiz qanday?

-Oʻtgan yili ham bizga yetakchi jamoalardan biri toʻgʻri kelgan. Bu yil ham yana yetakchilardan biri bilan oʻynaymiz. Oʻtgan yili isbotladikki, bemalol favoritlarga qarshi oʻynay olamiz. Shuning uchun kim roʻbaro boʻlishidan qatʼiy nazar asosiy maqsadimiz faqat gʻalaba! Oʻtgan yili yetakchilarga qarshi oʻynab oʻzimizni koʻrsata olganimiz bois jamoamizda gʻolibona ruh yaxshi shakllangan. Oʻzimizga boʻlgan ishonch ham yuqori.

-Shuningdek, “Andijon”ning Antaliyadagi sparring-raqiblari xususida nima degan boʻlardingiz?

-Janubiy Koreya terma jamoasi yoqdi. Tezkor va hujumkor. Jismonan ham kuchli futbolchilardan iboratligi koʻrindi. SSKAga qarshi uchrashuvda ham raqib yuqori darajadagi jamoa ekanligi bilinib turdi. Umuman olganda, oʻynayotgan raqiblarimiz yaxshi taassurot qoldirmoqda.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...