Rasman: Demir Imeri “Andijon” futbolchisi!

“Andijon” klubi yangi mavsum uchun tayyorgarligi jarayonida seleksiyada ham rejalashtirilgan ishlarni olib bormoqda. Nihoyat, muxlislarni qiziqtirgan yangiliklarga ham yetib kelmoqdamiz. Jamoamiz safi bir qator yangi futbolchilar bilan toʻldirilmoqda.

Jumladan, Antaliyadagi yigʻinda “Andijon” tarkibiga qoʻshilgan makedoniyalik Demir Imeri bilan shartnoma imzolandi va endilikda ushbu oʻyinchi rasman jamoamiz aʼzosiga aylandi.

Tanishing:
Demir Imeri. 1995-yilning 27-oktyabr sanasida Makedoniyaning Kisevo shahrida tavallud topgan. Hujumkor yarim himoyachi va qanotda ham toʻp suradi.

Futbolchi faoliyati davomida “Rabotnichki” (Makedoniya), “Shkendiya” (Makedoniya), “Xorizont” (Makedoniya), “Renova” (Makedoniya), “Kamza” (Albaniya), “Kemi Kings” (Finlyandiya), “Mosta” (Malta), “Olimpik Donesk” (Ukraina),”Vlajniya” (Albaniya), “Egnatiya” (Albaniya) hamda “Atirau” (Qozogʻiston) klublarida toʻp surgan.
Demir, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!
“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (1)

  1. Naxotki xujumchi you bolsa

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...