Rasman: SSKA tarbiyalanuvchisi va Suriya terma jamoasi darvozaboni “Andijon”ga oʻtdi!

“Andijon” seleksiya ishlarini davom ettirmoqda. Bu safar “Burgutlar” oʻz safini kelajagi porloq darvoazbon bilan toʻldirmoqda.

Gap shundaki, SSKA yoshlar jamoasida oʻynagan va Suriya terma jamoasi darvozaboni hisoblangan Maksim Sarraf endi “Andijon” klubida faoliyat olib boradi. Mazkur posbon jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.

Maʼlumot uchun, Maksim Sarraf 2005-yilning 15-mart kuni tavallud topgan. U Moskvaning SSKA klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. Darvozabon SSKA akademiyasi va SSKAning yoshlar jamoasida darvozani qoʻriqlagan.

Bundan tashqari, Suriya U-20 va U-23 terma jamoalarida ham ishtirok etgan. Yaqinda Qatarda boʻlib oʻtgan Osiyo Kubogida Maksim Sarraf Suriya terma jamoasiga jalb qilindi.

Maksim, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!
“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (1)

  1. Muxammadsodiq

    Legioner limitini varatar bilan to’ldirib nima keregi boridi. Mohir xam yomon varatarmasidi

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...