Aleksandr Xomyakov: “Xebay oʻrnini toʻldira oladigan hujumchi olib kelamiz”

“Andijon”ning “Korvinul” hamda “Kanvon” jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlaridan soʻng jamoamiz bosh murabbiyi Aleksadn Xomyakov klub matbuot xizmatining bir qator savollariga javob berdi.

-Aleksandr Andreyevich, Antaliyadagi soʻnggi nazorat uchrashuvi ham oʻtkazildi. Taassurotlaringiz qanday?

-Birinchi oʻyin haqida gapiradigan boʻlsam, bogʻliqlik umuman boʻlmadi. Boshqa tomondan qaraganda, birinchi oʻyinda yetarli vaziyatlar yaratdik, lekin yana yakuniga yetkaza olmadik. Raqibda esa aksincha, ularni har bir zarbasi darvozadan joy oldi. Shuning uchun aytaman: bugun bizni kunimiz boʻlmadi. Ikkinchi oʻyin haqida gapirsam, yaxshi raqib ekan. 70 daqiqa tengma-teng kurash boʻldi. Koʻproq vaqtimizni asosan himoyada oʻtkazdik va qarshi hujumlarga oʻtishga harakat qildik. Oʻyindan qoniqdim. Futbolchilarga barakalla deyman. Ishlashda davom etamiz, bu yerdagi yigʻinimizni yakunlayapmiz. Lekin hali bizda chempionat boshlanishiga yana ikki hafta vaqt bor. Asosiy tarkibni aniqlashda bir qarorga kelishimiz kerak va zaxira tarkibiga kiradiganlarni ham aniqlab olishimiz lozim. Hammasi reja boʻyicha ketmoqda.

-“Andijon”ning Antaliyadagi yigʻini deyarli nihoyalab qoldi. Bir soʻz bilan aytganda, qoniqish hosil qildingizmi?

-Ha, umumiy olganda, albatta qoniqdim. Sifatli maydonlar, munosib raqiblar… Amalga oshira olmayotgan vaziyatlar meni biroz asabiylashtirmoqda. Lekin bu masalani hal qila olamiz. Oxirida kuchaytira oladigan futbolchilarni jalb qilamiz.

-Muxlislarni Rubin Xebayning oʻrnini kim toʻldirishi qiziqtiryapti. Bu borada qanday reja bor?

-Ha, hujumchi izlayapmiz. Tezroq bir qarorga kelishimiz kerak. Rubin singari yordam bera oladigan futbolchi bilan kelishuv jarayonidamiz. Xebay oʻrnini toʻldira oladigan hujumchi olib kelamiz.
“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (1)

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...