Maksim Florin: “Jamoangizga oldinda turgan mavsumda omad tilayman”

“Andijon” – “Korvinul” (0:5) uchrashuvidan soʻng raqib jamoa bosh murabbiyi Maksim Florin “Andijon” matbuot xizmatiga oʻz fikrlarini aytdi:

“Oʻyin ayniqsa biz uchun juda ham yaxshi oʻtdi, deb aytishim mumkin. Biz kuchli jamoaga qarshi oʻynadik. Lekin maydonda yaxshiroq harakat qildik va bu xursand qiladi.

Dastlabki golni urib olganimiz uchrashuvni osonroq oʻtkazishga yordam berdi. Umid qilamizki, mana shu tempdagi oʻyinlarimizni chempionatda ham koʻrsatishga harakat qilamiz.

Jamoangizga oldinda turgan mavsumdagi uchrashuvlarda omad tilab qolaman”, – deydi Florin “Andijon” matbuot xizmatiga.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...