“Kanvon” menejeri Chan Vu Kim: “Sizning jamoangizga qarshi uchrashuv juda foydali boʻldi”

“Andijon” hamda “Kanvon” (1:1) jamoalari oʻrtasidagi bellashuv yakuniga yetgach, “Kanvon” klubi menejeri Chan Vu Kim “Andijon” matbuot xizmatiga oʻyin toʻgʻrisidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Oʻyin biz uchun yaxshi oʻtdi. Koreyada mavsum mart oyida boshlanadi. Biz bunga tayyorgarlikni davom ettiryapmiz.

Ushbu jarayonda mana shunday oʻrtoqlik oʻyinlari muhim edi. Ayniqsa, sizning jamoangizga qarshi uchrashuv juda foydali boʻldi, deb oʻylayman.

Chunki jamoangiz beshta himoyachi bilan oʻynaydi va bunday jamoalarga qarshi toʻrt himoyachidan foydalanadigan oʻyin uslubini shakllantirib olish uchun mana shunday oʻrtoqlik uchrashuvi kerak edi. Oʻyindan juda xursandman.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...