“Andijon”ga SSKA va Rossiya U-21 terma jamoasi hujumchisi qoʻshildi

Jamoamiz seleksiya ishlarini davom ettirayotganidan xabaringiz bor. Kuni kecha bir qator yangi futbolchilar bilan rasman shartnomalar imzolangani xususida rasmiy sahifalarimiz orqali eʼlon qildik.

Bu hali hammasi emas. Bugun jamoamiz safiga yangi legioner qoʻshildi. Rossiyaning SSKA klubi tarbiyalanuvchisi – Luka Zgurskiy “Andijon”da.

Bu yil 19 yoshni qarshilaydigan futbolchi sof hujumchi hisoblanadi. U Rossiya U-21 terma jamoasi aʼzosi sanaladi. Ushbu hujumchi bilan shartnoma imzolangach, bu xususida rasmiy xabar beramiz. Bizni kuzatishda davom eting!
“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (1)

  1. Statistikasi qanaqa ekan

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...