“Andijon”ning Turkiya yigʻini yakuniga yetdi

“Mavsum-2024”ga munosib tayyorgarlik koʻrish maqsadida “Andijon” Turkiyaning Antaliya shahrida yigʻin tashkil qildi. 24-yanvar – 14-fevral kunlari mobaynida “Burgutlar” shu yerda shugʻullanishdi va bir qator nazorat uchrashuvlarini oʻtkazdilar.

“Andijon”ning 21 kunlik yigʻini nihoyasiga yetdi va bugun jamoamiz aʼzolari Antaliyadan yurtimizga qaytadi. Qishki tayyorgarlikning oxirgi uchinchi bosqichi Toshkentda oʻtkaziladi. Futbolchilar Turkiyadan qaytishgach, biroz dam oladilar va 18-fevral kuni Toshkentda toʻplanadilar.

“Andijon”ning Turkiyadagi nazorat oʻyinlari natijalari
27-yanvar. “Andijon” – Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi – 0:0
1-fevral. “Andijon” – SSKA (Rossiya) – 0:2
4-fevral. “Andijon” – “Selimbar” (Ruminiya) – 0:0
4-fevral. “Andijon” – “Saburtalo” (Gruziya) – 1:2
Gol: Farhod Bekmuratov
9-fevral. “Andijon” – “Belusha” (Slovakiya) – 1:1
Gol: Levan Arveladze
12-fevral. “Andijon” – “Korvinul Xundeora” (Ruminiya) – 0:5
12-fevral. “Andijon” – “Kanvon” (Janubiy Koreya) – 1:1
Gol: Islom Mamatkazin
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...