Abdurashid Ismoilov: “Muhimi, asosiy jamoaga iqtidorlarni yetkazib berish”

“Andijon” U21 jamoamiz ham yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik olib bormoqda. Buning uchun yosh jamoamiz Andijondagi “Hokim Kubogi” musobaqasida ishtirok etdi.
Guruhdagi oxirgi uchrashuvini kecha Qirgʻizistonning “Muras Yunayted” jamoasiga qarshi oʻtkazganidan xabaringiz boʻlsa kerak.
“Andijon” U21 ustozi Abdurashid Ismoilov “Andijon” matbuot xizmatiga bellashuvdan keyingi fikr va mulohazalarini aytdi.

-Abdurashid Muxtorovich, avvalo oʻyin haqidagi fikrlaringiz bilan oʻrtoqlashsangiz.

-Bu oʻyinda asosan yigitlarni tayyorgarligi, kamchilik va yutuqlari borasida koʻproq eʼtibor berdim. Jamoa yangitdan shakllanyapti. Chempionatning birinchi oʻyinini safarda OKMKga qarshi oʻtkazamiz. Asosiy eʼtiborimizni shunga ham qaratyapmiz. Yaqin kelajakda yosh, iqtidorli futbolchilarni iloji boricha asosiy jamoaga tayyorlab berishimiz kerak. Bosh murabbiy bilan muloqotda boʻlib, hamkorlikda ish olib borilyapti. Muhimi, isteʼdodlarni asosiy jamoaga yetkazib berish. Shoshilmagan holda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini reja asosida olib bormoqdaman. “Muras Yunayted”ga qarshi asosiy maydonda oʻynaganimiz sababli koʻp narsaga guvoh boʻldim. Jamoani yutuq hamda kamchiliklarini koʻrdim va oʻyinda shunga eʼtibor qaratdim. Raqib jamoa ham Qirgʻiziston chempionatida yetakchilardan hisoblanadi. Shuning uchun bu uchrashuv biz uchun foydali boʻldi.

-Tarkibni necha foizga aniqlab oldim, deb oʻylaysiz?

-Oʻrinbosarlar tarkibimizni 80 foizga aniqlab boʻldim.

-Futbolchilarni qilayotgan mehnati sizni qoniqtiryaptimi?

-Qandaydir kamchiliklar boʻldi. Ammo men qoʻl qovushtirib oʻtirganim yoʻq. Tajribamdan kelib chiqib, kamchiliklarni bartaraf qilib, bor eʼtiborimizni mashgʻulotlarga qaratdik. Oxirgi 10 kun davomida kunora oʻynab, mashgʻulotlarda texnik-taktik va jismoniy tayyorgarligiga eʼtibor berdim. Endi yaqinlashayotgan chempionat bahslariga qizgʻin hozirlikni davom ettiramiz. Turnirdagi oxirgi uchrashuv bizga ancha dalda boʻldi va minus tomonlarimizni plyusga aylantirishga harakat qilamiz.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...