Andrey Kanchelskis: “Jamoangiz oʻyini menga yoqdi”

“Hokim Kubogi” musobaqasida “Muras Yunayet” “Andijon” U21 jamoasiga qarshi maydonga tushib 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Uchrashuvdan soʻng “Muras Yunayted” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirib oʻtdi:

-Andrey Antanasovich, gʻalaba bilan tabriklaymiz.

-Rahmat.

-Uchrashuv haqida nimalarni ayta olasiz?

-Sifatli maydonda oʻyinni tashkil qilib berishgani uchun rahmat. Ungacha bunday maydonda oʻynamagan edik. Maydon qoyilmaqom darajada. “Navbahor”da ishlaganimda biz bu yerga kelgandik. Tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiraman. Oʻyin yaxshi oʻtdi, yuqori saviyada boʻldi. Kuchli jamoa gʻalaba qozondi. Natijadan qoniqdim. Gol oʻtkazib yuborgan vaziyatda biroz oʻyinni boʻshashtirib yubordik. Har qanday holatda ham gʻalaba yoqimli. Ikkala jamoani chiroyli oʻyin koʻrsatishgani uchun tabriklayman. Asosiysi, hech kim jarohat olmadi.

-“Andijon” yoshlari sizda qanday taassurot qoldirdi?

-Biz chempionatga tayyorgarlik koʻryapmiz. Mavsum 29-mart kuni start oladi. Oʻyinlarda yigitlarni tekshirib olyapmiz. Asosiy tarkibni ham aniqlab olmoqdamiz. Sizning jamoangiz oʻyini ham menga yoqdi. Yosh jamoa, oʻzini koʻrsatayotgan yosh, yaxshi futbolchilar bor ekan. Ular bu oʻyin orqali bizni biroz asabiylashtirishdi. Ayniqsa, birinchi boʻlimda. Umumiy olganda, yaxshi yoshlardan yigʻilgan jamoa ekan. Ularga chempionatda omad tilayman.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...