Futzal jamoamizga omad tilaymiz

“Andijon” futbol klubi qoshida bu yildan futzal jamoamiz yana qayta rivojlantirilmoqda.
Yaxshi bilasiz, Andijonda azaldan futzal boʻyicha kuchli jamoaga ega boʻlganmiz va Respublikada oʻz nomiga, qudratiga ega edi. Koʻplab muvaffaqiyatlar qozongan. Shu bois yangi mavsumdan endi “Andijon” futzal jamoamiz ham shakllantirilmoqda. Maqsad oldingi mavqeni tiklashdan iborat.

Ha, bu oson jarayon hisoblanmaydi. Shunga qaramay, rivojlanish dasturi bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi. Buning ustiga bu yil mamlakatimizda futzal boʻyicha jahon chempionati ham oʻtkaziladi. Toshkent, Buxoro va Andijon mazkur yirik xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladilar. Tabiiyki, mana shunday eʼtibor kuchayib borayotgan paytda “Andijon” futzal jamoasining qayta jonlantirilayotgani ham juda muhim va oʻrinlidir.

“Andijon” futzal jamoamiz Oʻzbekiston birinchi liga chempionatida ishtirokini boshlaydi. Ushbu jamoamizga bosh murabbiy etib sobiq futzalchi, terma jamoamiz sharafini munosib himoya qilgan tajribali Shavkat Muhitdinov tayinlandi.

Bugun futzal boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining 1-tur uchrashuvlariga start beriladi. Jamoamiz esa ilk bahsda Oʻzbekiston U19 terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Shunday ekan, “Andijon” futzal jamoamizga omad tilaymiz.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...