Jamoamizning uchinchi bosqich yigʻini boshlandi

14-fevral kuni Turkiya yigʻinini yakunlab ortga qaytgan “Andijon” jamoamiz kichik taʼtildan soʻng navbatdagi mashgʻulotlarga kirishdi.

Aytish lozimki, bu safar jamoamizning qishki tayyorgarlik rejasi doirasida uchinchi bosqich yigʻini boshlandi.

Bugun jamoamiz aʼzolari Toshkentda toʻplandilar va “Porto Bello” mehmonxonasiga joylashishdi. Shahar esa qor yogʻayotgani evaziga yanada chiroyli manzara bagʻishlamoqda.

Bugun futbolchilarimiz kechki mahal dastlabki mashgʻulotini boshlaydilar. Ertadan esa kuniga ikki mahaldan shugʻullanadilar. Mazkur yigʻin mobaynida oʻrtoqlik uchrashuvlari ham oʻtkaziladi.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...