Eldor Adhamov tarkibga qaytdi

Maʼlum qilganimizdek, bugun bizning sevimli jamoamiz qishki tayyorgarligining uchinchi bosqichini Toshkentda boshladi. Garchi poytaxtda oppoq qor yogʻayotganiga qaramay, mashgʻulotlarimiz ikki qismga boʻlingan holda olib borildi.

Dastlab futbolchilar trenajyor zalida astoydil shugʻullandilar. Shundan soʻng jamoamiz aʼzolari maydon chetida toʻp bilan alohida ishladilar.

Muxlislarimizni tarkib masalasidagi yangiliklar ham qiziqtirayotgani tabiiy. Bu borada shuni aytish lozimki, Antaliya yigʻini davomida qoʻlidan jarohat olgan Eldor Adhamov yana safimizga qaytdi va individual tarzda shugʻullanmoqda.

Shuningdek, jamoamizda koʻrikda boʻlib turgan Diyor Toirovga javob berildi. Jamoamizda seleksiya ishlari davom etyapti.

Yaqinda safimizga qoʻshilgan SSKA tarbiyalanuvchisi Luka Zgurskiy ham jamoamiz bilan mashgʻulotlarga kirishdi. Tarkibimizga qoʻshiladigan yangi oʻyinchilar borasida albatta rasmiy sahifalarimiz orqali xabar beramiz. Bizni kuzatishda davom etamiz.


“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...