“Andijon” yangi mavsumda “Hummel” brendidan foydalanadi

Yangi mavsum boshlanishiga ham tobora oz vaqt qolmoqda. “Andijon” klubi esa 2024-yilgi birinchilikda yangicha dizayn va koʻrinishga ega boʻlgan ekipirovka hamda formalardan foydalanadi.

Gap shundaki, jamoamiz yanada yuqori sifatni kafolatlovchi brend – Daniyada ishlab chiqariladigan taniqli “Hummel” mahsulotlaridan foydalanish yuzasidan oʻzaro kelishuvga erishilgan. Shu bois jamoamizni toʻliq holatda mazkur brend kiyintiradi.

Qayd etish joizki, “Hummel” brendidan Yevropaning taniqli va nomdor klublari ham foydalanib keladi. Masalan, ularning orasida “Sautgempton” “Kyoln”, Daniya terma jamoasi, “Verder”, “Everton” kabi jamoalarni tilga olib oʻtish mumkin.

“Andijon” jamoamizning yangi mavsumdagi asosiy (uy) formasi qizil rangda boʻladi. Safar formasi esa oq rangli.

Shuningdek, darvozabonlarimizni uy oʻyinlaridagi formasi koʻk rangda, safar uchrashuvlaridagi formasi yashil rangdan iborat boʻladi.

Sharhlar (1)

  1. Juda zor

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...