“Andijon”ning bugungi mashgʻuloti qanday oʻtdi?

Kechadan poytaxtimizda qishki tayyorgarlik yigʻinining uchinchi bosqichini boshlagan jamoamiz aʼzolari bugun rejaga binoan mashgʻulotlarini davom ettirdilar.

Maʼlumki, yurtimiz boʻylab biroz noqulay ob-havo hukm surmoqda. Bugun Toshkentda yana qor yogʻdi. Shunga qaramasdan tayyorgarlik jarayonini olib borilmoqda.

Qor yogʻayotgani bois tabiiy maydon topish mushkul ishga aylanib qoladi. Jamoamiz esa sobiq futbolchi Farhod Tojiyev nomidagi “Tadjiyev star” sunʼiy maydonida oʻz mashgʻulotini oʻtkazdi.

Qor gupillab yogʻib turgan mahaldagi mashgʻulotlar yanada oʻzgacha va zavqli boʻldi. Futbolchilar noqulay ob-havo sharoiti boʻlishiga qaramasdan, mashgʻulotlarda oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni aʼlo darajada bajardilar.

Darvoqe, jamoamizning bugungi mashgʻulotidan Sports.uz sayti ijodkorlar videoreportaj tayyorladilar. Qishki yigʻin xususida bosh murabbiy Aleksandr Xomyakov va yarim himoyachi Farhod Sohibjonovdan intervyu ham oldilar.

Tarkibdagi soʻnggi yangiliklar ishqibozlarni qiziqtirayotgani rost. Bu borada shuni aytishimiz mumkinki, tez orada safimizga yangi hujumchi qoʻshilishi kutilmoqda.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...