“Andijon” aʼzolari uchun seminar tashkil etildi

Futbolchilarimizning bugungi mashgʻulotidan soʻng jamoamiz istiqomat qilayotgan “Porto Bello” mehmonxonasida seminar tashkil qilindi.
Gap shundaki, har yili yangi mavsum avvalida “halol oʻyin” hamda yangilanayotgan futbol qoidalarni jamoalarga keng tushuntirish boʻyicha alohida seminarlar tashkil etiladi. Bugun aynan mazkur seminar jamoamiz ishtirokida oʻtkazildi.
Jamoamiz aʼzolari ishtirok etgan seminarni tajribali hisoblangan hakamlar nazoratchisi Aleksandr Popov olib bordi. Taʼkidlash mumkinki, ushbu seminar ancha qiziqarli tarzda olib borildi. Popov monitor orqali bir qator bahsli vaziyatlarni koʻrsatdi va tabiiyki, bunga futbolchilarning reaksiyalari faol koʻrinishda boʻldi.
Seminar davomida Aleksandr Popov oʻyin qoidalari boʻyicha jamoamiz aʼzolariga muhim tushuntirish ishlarini olib bordi, tegishli koʻrsatma va maslahatlarini ham berdi.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...