“Andijon” Toshkentda ikkita oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi

Toshkentda qishki tayyorgarligining uchinchi bosqichini oʻtkazayotgan “Andijon” jamoamiz rejaga binoan oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi ham koʻzda tutilgan. Shu maqsadda “Andijon” ikkita sparring-raqibga qarshi maydonga tushadi.
21-fevral kuni jamoamiz pro liga ishtirokchisi – Nukusning “Aral” klubi bilan bellashadi. 25-fevralda esa Superliga vakili – Samarqandning “Dinamo”siga qarshi oʻyin oʻtkaziladi.
Ertaga tashkillashtiriladigan “Andijon” – “Aral” oʻrtasidagi uchrashuv soat 12:00 da “Ahmad Yassaviy” nomli stadionda boʻlib oʻtadi.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...