“Andijon” oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi

Bugun “Andijon” jamoamiz Toshkentdagi yigʻini doirasida Nukusning “Aral” klubiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Oʻyin davomida darvozalarga jami uchta gol urildi. Birinchi boʻlimda “Aral” futbolchisi Salamat Quttiboyev jarima zarbasidan keyin hisobni ochdi. Ikkinchi boʻlimda “Andijon”da toʻp surgan va hozirda “Aral” yigʻinida qatnashayotgan Izzat Abdulhakov ikkinchi golga mualliflik qildi. Shuningdek, jamoamizdan Sunnatilla Abdullajonov oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻydi.
Uchrashuv “Andijon”ning nazorati ostida oʻtdi, muhimi bir qancha golli imkoniyatlar ham yaratilmoqda. Aytish mumkinki, jamoa oʻyini shakllanib boryapti.
“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (1)

  1. 🔰 You got 49 213 USD. GЕТ => https://forms.yandex.com/cloud/65cc7b34e010db2c949e0ed9/?hs=9e268842d91acde9607709616b5f06c3& 🔰

    hiycsn

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...