Rasman! Jamoamiz yangi hujumchi bilan kelishuvga erishdi

“Andijon” klubi qishki seleksiya chogʻida iqtidorli hujumchi bilan shartnoma imzoladi. Yaʼni, “Paxtakor” futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Rustam Turdimurodov rasman jamoamiz aʼzosiga aylandi.

Maʼlmumot uchun, Rustam Turdimurodov 2004-yilning 4-aprel kuni tavallud topgan. Hujumchi “Paxtakor” klubida toʻp surgan. Uning oxirgi jamoasi esa Belarusning “Energetik-BGU” klubi hisoblanadi.

Shuningdek, Turdimurodov bir qancha yosh toifalaridagi terma jamoalarimizda ham oʻynagan. Oʻtgan yili Argentinada boʻlib oʻtgan U20 jahon chempionatida terma jamoamiz sharafini himoya qilgan.

Rustam, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!

“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (1)

  1. Хаётилло

    Мени Туркиядаги уйинлар кониктирмади

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...