Rasman! Rossiyalik hujumchi “Andijon” bilan shartnoma imzoladi

Yaqinda “Andijon” tarkibiga Moskvaning SSKA klubidan qoʻshilgan iqtidorli hujumchi Luka Zgurskiy endi toʻlaqonli jamoamiz aʼzosiga aylandi. Boisi, futbolchi va klub oʻrtasida 3 yillik shartnoma imzolandi.

Maʼlumot uchun, Luka Zgurskiy 2005-yilning 5-dekabr kuni tavallud topgan. U 10 yoshgacha “Svestopol” futbol maktabida shugʻullangan. Keyinchalik esa SSKA klubi akademiyasiga oʻtgan. Luka 2021-2022-yilgi yoshlar ligasi chempionatida 24 ta oʻyinda 18 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shuningdek, 2022-2023-yilgi mavsumda 22 ta oʻyinda raqiblar darvozasini 16 bor ishgʻol qilgan va 4-marta golga assist vazifasini bajargan. 2022-yilda esa Luka Zgurskiy SSKA akademiyasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Luka Rossiya U21 terma jamoasi aʼzosi sanaladi. Eʼtiborlisi, futbolchi terma jamoadagi debyutini 2023-yilning sentyabr oyida Buxoroda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan.

Luka, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!

“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (1)

  1. Уткирбек

    Рубин хебайни урнини босади иншаллох

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...