“Andijon” matbuot xizmati vakillari PFL seminarida ishtirok etishdi. Unda qanday masalalar koʻrildi?

Yangi mavsum oldidan Oʻzbekiston professional futbol ligasi klublarimizda faoliyat yuritayotgan soha egalari ishtirokida seminarlar oʻtkazilishi anʼanaga aylangan. Ularning orasida matbuot kotiblari bilan ham ana shunday seminarlar tashkil etib kelinadi.

Bu yil ham yangi mavsum oldidan OʻzPFL Superliga hamda pro liga klublari matbuot kotiblari ishtirokida yangi mavsum boshlanishi oldidan seminar uyushtirildi. Unda 2023-yil sarhisobi va 2024-yilda belgilab qoʻyilgan yangi maqsad hamda vazifalar tanishtirildi.

Seminarni OʻzPFLning matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Shaxzod Xolboyev, klublarni litsenziyalash va xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Zohirjon Akramxonov hamda media boʻlimi mutaxassisi – Sherzod Rajabov olib bordilar.

Mazkur seminarda “Andijon” klubi matbuot kotibi Shuhratbek Joʻrayev hamda video operator Sherzodbek Mamadaliyev ishtirok etishdi. Albatta, seminar mobaynida jamoamizning mediasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida eʼtirof etildi.

Xabaringiz bor, “Andijon” klubi endilikda oʻzining rasmiy saytiga ega va bu oʻzgacha did hamda dizayn uygʻunligida yaratildi. Saytimiz yanada takomillashtirilayotganini ham qoʻshimcha qilib oʻtish lozim. Shuningdek, telegram, instagram, feysbuk, yutub kabi ijtimoiy tarmoqlarda ham jamoamizning rasmiy sahifalari muntazam ravishda faol ish rejimida.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, matbuot xizmati har bir klubning yuzi hisoblanadi. Futbolimizning yangi darajaga koʻtarilishida shubhasiz matbuot xizmati vakillarining ham oʻrni katta, chunki ushbu soha egalari barchasini keng miqyosida yoritib boradilar. Sayt esa klubning tashrif qogʻozi hisoblanadi.

Seminar mobaynida aynan saytlarning ish faoliyatiga ham alohida toʻxtalib oʻtildi. Bu borada “Andijon” futbol klubi saytining faoliyati ijobiy baholandi. Qolaversa, telegram hamda instagramdagi rasmiy sahifalarimiz ham eʼtirof etib oʻtildi.

Shu bilan birga matbuot kotiblariga qoʻyilayotgan talab hamda vazifalar va uning masʼuliyati muhimligi haqida ham toʻxtalib oʻtildi. Yangi rejalar belgilab olindi.

Yigʻilish yakunida “Andijon” klubi matbuot kotibi Shuhratbek Joʻrayev va video operator Sherzodbek Mamadaliyev OʻzPFLning maxsus sertifakatini qabul qilib oldilar.

“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...