OKMK bilan oʻyinga 6 kun qoldi. Tayyorgarlik qanday davom etyapti?

25-fevral kuni “Dinamo”ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushgan futbolchilarimizga ertasi kuni bir kunlik xordiq berildi. Bugundan yana mashgʻulotlar davom ettirilmoqda.
Taʼkidlash lozimki, 1-mart kuni yangi mavsum start oladi. Jamoamiz esa 3-mart kuni Olmaliqda OKMKga qarshi oʻyin bilan Superligadagi ishtirokini boshlaydi.
Yaʼni, boʻlajak bellashuvga 6 kun qoldi. Shunday ekan, jamoamiz aʼzolari dastlabki tur oʻyiniga jiddiy ravishda tayyorgarlik olib bormoqda. Bugungi mashgʻulotimiz esa “Odil Junior” futbol akademiyasining sunʼiy maydonida boʻlib oʻtdi. Endilikda bor eʼtibori OKMK bilan oʻyinga qaratiladi. Futbolchilarimiz yuqori kayfiyat hamda ishtiyoq bilan mashgʻulotlarda ishtirok etishyapti.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...