SSKA bosh murabbiyi Vladimir Fedotov: “Andijon”ga yangi mavsumni gʻalaba bilan boshlashini tilab qolaman”

Bugun “Mavsum-2024” rasman boshlanadi. Xabaringiz bor, 1-tur uchrashuvlari 1-4-mart kunlari davomida oʻtkaziladi. “Andijon” esa 3-mart kuni Olmaliqda OKMKga qarshi maydonga tushadi.

Maʼlumki, qishki seleksiya jarayonida tarkibimizda Moskvaning SSKA klubi tarbiyalanuvlaridan ikki nafari qoʻshib olingan. Bular – darvozabon Maksim Sarraf hamda hujumchi Luka Zgurskiy.

Turkiyaning Antaliya shahridagi yigʻin mobaynida jamoamiz aynan SSKAga qarshi oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazganini bilasiz. Buning ustiga aynan Maksim hamda Lukaning “Andijon” bilan shartnoma imzolanishi Rossiyada va jumladan “armiyachi”larning oʻzida ham oʻziga xos tarzda qiziqishni uygʻotgan.

“Andijon” matbuot xizmati esa SSKA klubi bosh murabbiyi Vladimir Fedotov bilan bogʻlandi va u yurtimizda yangi boshlanayotgan mavsum oldidan “Andijon” hamda ikki nafar shogirdi haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Xayrli kun! Ha, biz oʻzimizning tarbiyalanuvchilarimizni doimiy ravishda kuzatib boramiz.
Maksim Sarraf va Luka Zgurskiyni ham kuzatishda davom etamiz. Ularni yangi jamoasida omadli debyut oʻtkazishlarini istayapmiz.
Shuningdek, “Andijon” klubiga yangi start olayotgan mavsumni gʻalaba bilan boshlashini va yuqori natijalar koʻrsatishini tilab qolaman. Omad”, – dedi Vladimir Valentinovich, “Andijon” matbuot xizmatiga.

“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...