OKMK – “Andijon” jamoalarining oʻzaro oʻyinlari tarixi haqida nimalarni bilasiz?

“Andijon” klubimiz taqvimga asosan yangi chempionatning 1-turini 3-mart kuni oʻtkazishidan xabardorsiz. Olmaliqda OKMKga qarshi kechadigan bellashuv bilan jamoamiz “Superliga-2024”dagi ishtirokini rasman boshlaydi.

OKMK – “Andijon”. Jamoalarning Oʻzbekiston chempionatidagi oʻyinlar tarixi 2008-yildan boshlangan. U paytda OKMKning nomi OTMK deb nomlangan. 2008-yilning 12-aprel kuni ushbu klublarning oʻyinlar tarixi yozilishi boshlangan. Oʻshanda olmaliqliklar 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Oʻsha yili ikkinchi davrada Andijondagi bellashuvda jamoamiz ham shu kichik hisobda gʻolib chiqqan.

Bir soʻz bilan aytganda, shu paytgacha klublar 24 bor uchrashishgan va navbatdagisi 25-oʻyin hisoblanadi. OKMKda 16, “Andijon”da esa 4 ta gʻalaba bor. Qolaversa, duranglar soni ham 4 ta. Toʻplar nisbati esa 48-28 OKMK foydasiga. Oxirgi bor “Andijon” bu raqibini 2011-yili oʻz uyida 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan.

Umid qilamizki, yubiley 25-uchrashuvda jamoamiz yoqimsiz seriyaga barham beradi.

Olgʻa “Andijon”!
“Andijon” matbuot xizmati.

Sharhlar (1)

  1. Qiyinroq bo’ladiyu lekin umid qilamiz

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...