“Andijon” Oʻzbekiston chempionatini qanday natijalar bilan boshlagan?

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston 33-milliy chempionati ham start oldi. Bugun “Andijon” jamoamiz Olmaliqda OKMKga qarshi uchrashuv orqali joriy yilgi mavsumdagi ilk oʻyinini oʻtkazadi.
Eʼtiboringizga “Andijon”ni 1992-yildan beri milliy chempionatimiz tarixida 1-turni qanday natija bilan boshlagani haqidagi statistik maʼlumotlarni eʼtiboringizga taqdim etamiz. Bu albatta muxlislarimiz uchun qiziqarli.
Masalan, OKMKga qarshi bu chempionatlarimiz mobaynida birinchi turdagi ilk oʻyinimiz emas. 2010-yili Andijonda “Olmaliq” jamoasini qabul qilib 3:2 hisobida gʻalaba qozonganmiz. Oʻshanda Amet Memet bosh murabbiyligidagi “Andijon” 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi. Keyinchalik raqib 2 ta gol urib, hisobni tenglashtirgan. Lekin oxirgi daqiqalarda Sherzod Rayimjonovning jarima zarbasidan keyin “Olmaliq” posboni Yuriy Xriyenko toʻpni qaytardi va qaytgan toʻpni Rasul Rahmonov darvoza toʻriga joylab yakuniy hisobni oʻrnatgan – 3:2.
Shuningdek, “Andijon” milliy chempionatimizni ketma-ket uch marta Buxoroning “Nurafshon” klubiga qarshi oʻyinlar bilan boshlagan. U paytlarda “Andijon” “Navroʻz” nomi bilan atalgan.
Eslatib oʻtamiz, “Andijon” besh marta quyi ligada ishtirok etgan va roʻyxatda asosan Superliga (oldin oliy liga deb nomlangan)dagi oʻyinlar keltirilgan.

1992 yil. 1-tur. “Nurafshon” – “Navro‘z” – 2:2

1993 yil. 1-tur. “Nurafshon” – “Navro‘z” – 2:1

1994 yil. 1-tur. “Nurafshon” – “Navro‘z” – 4:1

1995 yil. 1-tur. “So‘g‘diyona” – “Navro‘z” – 2:0

1996 yil. 1-tur. “Kosonsoy” – “Navro‘z” – 0:1

1997 yil. 1-tur. “Chilonzor” – “Andijon” – 0:1

1998 yil. 1-tur. “So‘g‘diyona” –“Andijon” – 1:0

1999 yil. 1-tur. “Andijon” – “So‘g‘diyona” – 1:2

2000 yil. 1-tur. “Paxtakor” – “Andijon” – 2:2

2001 yil. 1-tur. “Turon” – “Andijon” – 2:1

2002 yil. 1-tur. “So‘g‘diyona” – “Andijon” – 2:1

2003 yil. 1-tur. “Andijon” – “Do‘stlik” – 1:1

2004 yil. 1-tur. “So‘g‘diyona” – “Andijon” – 1:1

2006 yil. 1-tur. “Andijon” – “Metallurg” – 0:0

2007 yil. 1-tur. “Andijon” – “Sho‘rtan” – 1:0

2008 yil. 1-tur. “Andijon” – “Metallurg” – 2:0

2009 yil. 1-tur. “Andijon” – “Lokomotiv” – 0:1

2010 yil. 1-tur. “Andijon” – “Olmaliq” – 3:2

2011 yil. 1-tur. “Nasaf” – “Andijon” – 2:0

2012 yil. 1-tur. “Metallurg” – “Andijon” – 1:1

2014 yil. 1-tur. “Andijon” – “Paxtakor” – 0:1

2015 yil. 1-tur. “Nasaf” – “Andijon” – 3:1

2016 yil. 1-tur. “Paxtakor” – “Andijon” – 2:1

2019 yil. 1-tur. “Qizilqum” – “Andijon” – 1:1

2020 yil. 1-tur. “Lokomotiv” – “Andijon” – 2:1

2021 yil. 1-tur. “Qizilqum” – “Andijon” – 1:0

2023 yil. 1-tur. “Nasaf” – “Andijon” – 0:1

Jamoamiz chempionatni 6 marotaba gʻalaba bilan boshlagan. Oʻtgan yili dastlabki turni Qarshida “Nasaf” maydonida oʻtkazib yagona gol evaziga uch ochkoni qoʻlga kiritganmiz.

Umid qilamizki, “Andijon” joriy yilni ham gʻalaba bilan boshlab muxlislarini quvontiradi.
“Andijon” matubot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...