Mirjalol Qosimov: “Oʻylaymanki, haqli ravishda durang boʻldi”

OKMK – “Andijon” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

-Sizlarni ham yangi mavsum boshlangani bilan tabriklayman. Oʻyinga keladigan boʻlsak, qaysidir tomondan bir-biriga munosib, kurashlarga boy oʻyin boʻldi. Albatta, har bir jamoa oʻz oldiga gʻalaba qozonish maqsadini qoʻyadi. Oʻylaymanki, haqli ravishda durang boʻldi. Har doim bir ishni boshlab olish oson kechmaydi. Mana, boshlab oldik. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik koʻramiz. Iloji boricha muxlislarimiz uchun chiroyli, mazmunli futbol koʻrsatishga harakat qilamiz. Shu narsaga erisha olsak, natija ham keladi.

– Rubin Sanchesni qanaqa ahvoldaligi koʻpchilikni qiziqtiryapti…

– Gadoyev ham, Mirzayev ham bor. Albatta, jamoamizga yetishmayapti. Jarohatlari choʻzilib ketdi. Shifokorlar ishlashyapti, muolajalarni olib borishmoqda. Bittasidan forigʻ boʻlgandik, ikkinchisi boʻldi. Bu – futbol. Hech kim bu narsadan qochib qutula olmaydi. Oʻtgan yili yarim finalda “Navbahor” bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda jarohat olgandi. Undan avval Gadoyev OCHLda jarohat olgan. Tezroq sogʻayib, safimizga qoʻshilsa xursand boʻlamiz. Bundan nafaqat rahbariyat, murabbiylar yoki futbolchilar, balki muxlislar ham xursand boʻladilar.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...