“Andijon” U21 jamoamiz sharafini bu yil kimlar himoya qiladi?

“Andijon” klubi yangi mavsumdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi va endi navbatda U21 jamoamizga. Bugun, 4-mart sanasida yoshlarimiz “OKMK sport majmuasi”da OKMK tengqurlariga qarshi chempionatdagi birinchi uchrashuvini oʻtkazadilar.

Oldin xabar berganimizdek, “Andijon” U21 jamoamizni endilikda Abdurashid Ismoilov boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis qishki yigʻin mobaynida tarkibni yangi, yosh iqtidorli oʻyinchilar bilan shakllantirdi. “Andijon” jamoamizning ertangi kuni sifatida qaraladigan U21 jamoamiz ham katta karvon sari yoʻlga otlanmoqda. Taʼkidlash kerakki, tarkibda bir qancha yangi nomlar bor ularning ham kelajagi porloq.

Doimgidek, klub rahbariyati tomonidan yoshlar jamoamizga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda va asosiy tarkibga isteʼdod egalarini yetkazib berish asosiy vazifalardan biri. Ismoilov boshchiligidagi yoshlarimiz ham mavsumga tayyor.

“Andijon” U21 jamoamizning joriy yilgi tarkibi

Darvozabonlar:
№90 Aslbek Tojidinov
№32 Abdumalik Nurmuhammadov
Himoyachilar:
№73 Xumoyun Xusanboyev
№41 Mexriddin Adaxamjonov
№30 Abdulatif Oybekov
№25 Asad Habibullayev
№44 Xabibullo Xabibullayev
№80 Omad Tursunaliyev
№57 Akbarxoʻja Noʻmonxoʻjayev
№2 Izzatillo Abdurasulov
№23 Abubakir Rejabboyev
№67 Abdusamad Hamidjonov
Yarim himoyachilar:
№42 Diyor Madaminov
№98 Muhammadiyor Mahmudov
№88 Shoxjahon Yorqinboyev
№33 Abbos Abdugʻafforov
№29 Xojimurod Asqarov
№20 Abdulaziz Yusupjonov
№6 Asilbek Aysarov
Hujumchilar:
№55 Oyatillo Obidjonov
№24 Aziz Usmonov
№70 Hamidillo Karimov
№18 Saidmurod Karimov
№50 Bekzod Nasimov
Bosh murabbiy: Abdurashid Ismoilov
Yordamchi murabbiy: Aziz Mahmudov
Darvozabonlar murabbiyi: Aziz Obobakarimov
Administrator: Davron Farhodov
Shifokor: Gʻofurjon Joʻrayev

Eslatib oʻtamiz, bugun “Andijon” U21 Olmaliqda OKMK U21ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 15:00 da boshlanadi.

Yangi mavsumda yoshlar jamoamizga omad tilaymiz.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...