Muhammadkarim Toirov: “Hali chempionat uzoq, ishonamanki, ishqibozlarimizni gʻalabalarimiz bilan xursand qilamiz”

“Andijon”ning OKMKga qarshi uchrashuvidan soʻng jamoamizning iqtidorli yarim himoyachisi Muhammadkarim Toirov “Andijon” matbuot xizmatiga bellashuv borasidagi fikrlarini bildirdi.

-Chempionatning dastlabki oʻyinidan sizda qanday taassurotlar qoldi?

-Mavsumdagi birinchi oʻyinimizni oʻtkazdik va bir ochkoga ega boʻldik. Keyingi bellashuvlarda muxlislarimizni bundan-da xursand qilishga harakat qilamiz. Hali chempionat uzoq, ishonamanki, ishqibozlarimizni gʻalabalarimiz bilan kayfiyatlarini koʻtaramiz.

-OKMKga qarshi oʻyin va natijadan qanchalik qoniqdingiz?

-Birinchi oʻyinga nisbatan yaxshi. Keyingi turlarda oʻyinimizni yanada kuchaytiramiz.

-Raqib siz kutgandek oʻyin koʻrsatdimi?

-Ha, men kutgandek oʻyin namoyish qildi. Har doimgidek OKMK yaxshi jamoa.

-“Andijon” 10-mart kuni oʻz maydonida “Bunyodkor”ni qabul qiladi. Boʻlajak oʻyin oldidan nimalarni ayta olasiz?

-Boʻlajak oʻyinga biz bundan ham qattiq tayyorgarlik koʻramiz. Negaki, bu oʻz maydonimizda boʻladi. Albatta, muxlislarimizni gʻalabalarimiz bilan xursand qilamiz.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...