U21 jamoamiz uchun dastlabki oʻyin omadsiz kechdi

“Andijon” U21 jamoamiz ham yangi mavsumdagi dastlabki oʻyinini oʻtkazdi. OKMK tengqurlariga qarshi uchrashuv ham asosiy jamoalar oʻynagan bosh arena – Olmaliqdagi “OKMK sport majmuasi”da oʻtkazildi.

Bu yil yoshlar tarkibimizga bir qancha yangi yosh iqtidorli yigitlar taklif etilgan. Ularning bir nechtasi debyut oʻyinida maydonga tushdilar. Afsuski, chempionatdagi birinchi uchrashuv jamoamiz uchun omadsiz chiqdi. Natijada maydon egalari 5:2 hisobida gʻalaba qozondilar.

Jamoamizdan Xamidullo Karimov va Rustam Turdimurodov raqib darvozasini ishgʻol qildilar. OKMK yoshlarining uyushtirgan hujumlari esa deyarli gol bilan yakunlanaverdi. Jamoamizda yana gol urish uchun vaziyatlar yuzaga keldi. Lekin ikkitadan ortiq gol urish nasib qilmadi.

“Andijon” U21 ikkinchi tur uchrashuvini 11-mart kuni oʻz maydonida “Bunyodkor” U21 ga qarshi oʻtkazadi. Boʻlajak oʻyinda Abdurashid Ismoilov jamoasiga omad tilaymiz.

OKMK U21 – “Andijon” U21 – 5:2 (2:1).
4-mart. Olmaliq. “OKMK sport majmuasi”. 230 tomoshabin.
Hakamlar:
Umidjon Rahimjonov, Azizjon Karimov, Gulmurod Bobomurodov.
Zaxira hakami: Diana Isayeva.
Nazoratchi: Konstantin Smirnov.
Komissar: Sherzod Rajabov.
OKMK U21: Dilshod Yoqubov, Azizbek Bahromov (Abbos Umarov, 75), Saidafzalxon Ahrorov (Mirziyod Mirodilov, 46), Iskandar Businov, Ali Abdurahmonov (Asilbek Rahimov, 85), Abror Sarimsoqov (Jahongir Fozilov, 90+2), Shoxruh Abduhalilov, Saidakbar Sharipov, Javohir Nabiyev, Nodir Abdurazzoqov (Farruh Qodirov, 46), Murat Yermatov.

“Andijon” U21: Mohir Komilov, Asad Habibullayev, Marlen Chobanov, Izzat Abdurasulov, Abbos Abdugʻafforov, Abdulatif Oybekov, Abdulaziz Yusupjonov (Diyor Madaminov, 78), Shoxjahon Yorqinboyev (Bekzod Nasimov, 85), Sunnatilla Abdullajonov, Xamidillo Karimov (Oyatillo Obidjonov, 78), Rustam Turdimurodov.
Gollar: Nodir Abdurazzoqov, 15 – 1:0. Xamidillo Karimov, 16 – 1:1. Saidafzalxon Axrorov, 23 – 2:1. Rustam Turdimurodov, 52 – 2:2. Ali Abdurahmonov, 56 – 3:2. Murod Ermatov, 79 – 4:2. Mirziyod Mirodilov, 90+1 – 5:2.
Ogohlantirishlar: Shoxruh Abduhalilov, 78. Murod Ermatov, 88 – Asad Xabibullayev, 21. Abdulaziz Yusupjonov, 34.
“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...