“Andijon” “Bunyodkor” bilan oʻyinga tayyorgarlikni boshladi

3-mart kuni yangi mavsumda Superligadagi birinchi oʻyinini OKMKga qarshi oʻtkazib, 0:0 hisobida durang qayd etgan jamoamiz aʼzolari bir kunlik xordiqdan soʻng bugun klub qarorgohida toʻplandilar va “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuv uchun tayyorgarlikka kirishdilar.
Mashgʻulot esa juda iliq va quvnoq kayfiyatda oʻtdi. Avvaliga esa jamoamiz aʼzolari bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovni tavallud kuni bilan qizgʻin muborakbod etdilar. Futbolchi Ilhom Alijonov ham jamoadoshlaridan tabriklarni qabul qilib oldi. Soʻngra, jonli koridor tashkil qilindi. Umumiy guruhga qoʻshilgan jamoamizning yangi aʼzosi Shaxrom Samiyev ham juda iliq “siylandi”.
Jarohatidan forigʻ boʻlayotgan Abdurahmon Komilov va Suhrob Berdiyev individual tarzda shugʻullanishni boshladilar.
Eslatib oʻtamiz, “Andijon” – “Bunyodkor” qarama-qarshiligi 10-mart, yakshanba kuni soat 15:00 da boshlanadi. Barcha muxlislarni “Bobur Arena”ga, yangi mavsumning ochilish oʻyiniga taklif qilamiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...