Sherzod Esanov: “Bobur Arena”dagi atmosferani sogʻindim”

Bu yil “Andijon” klubiga qoʻshilgan futbolchilar orasida iqtidorli yarim himoyachi Sherzod Esanov ham bor. Osiyo chempioni – bor eʼtiborini yana “Andijon”ga qaratgan. Uning qaytganidan ishqibozlar ham xursand. Ayni paytda u ham jamoasi bilan birgalikda 10-mart kuni “Bunyodkor”ga qarshi boʻladigan uchrashuv uchun tayyorlanmoqda. “Andijon” matbuot xizmati Esanovdan intervyu oldi.

-Sherzod, “Andijon” klubiga qaytganingiz bilan tabriklayman. Hammasi qanday yuz berdi?

-Avvallambor, assalomu alaykum! Xabiringiz boʻlsa, “Andijon” bilan shartnomam bor edi va shu shartnoma tugadi. “Andijon” jamoasi tomonidan menga taklif boʻldi va bu taklifga rozi boʻldim.

-Oʻtgan yilning ikkinchi yarmida “Andijon”dan “Olimpik”ka oʻtgandingiz va bu yil yana sobiq klubingizga qaytdingiz. Ayting-chi, oʻtgan vaqt davomida bu yerda qanday oʻzgarishlarni sezdingiz?

-Agar “Olimpik”da oʻtgan vaqtimga keladigan boʻlsak, u yerda koʻp narsa oʻrgandim. Yarim yil ichida emas, bir yil desa ham boʻladi. Sababi, yilning birinchi qismida ham terma jamoa sabab klubimda boʻlmadim. Oʻyin uslubi va boshqa narsalarda oʻzgarish sezdim va shu narsalarga moslashish ishlari boʻlmoqda, desam ham boʻladi. Bu yerda oʻzimni koʻrsatib, muxlislarni xursand qilmoqchimiz.

-Bu mavsumda futbolchi sifatida oʻzingizni va jamoaning potensialini qanday baholaysiz?

-Biz har doim oʻzimizga katta maqsad qoʻyamiz. Xudo xohlasa, “Andijon” muxlislarini xursand qilamiz, degan umiddaman.

-Siz 7-raqamni tanladingiz. Nima uchun?

-Bilmadim. Shu raqam boʻshligini bilgan holda soʻradim. Shu raqamda oʻynash niyatim boʻldi va bu menga qoʻshimcha motivatsiya beradi.

-“Bunyodkor”ga qarshi bahsga tayyorgarlik qanday ketyapti? “Bobur arena”da toʻp surishni sogʻindingizmi?

-“Bunyodkor”ga qarshi oʻyinga yaxshi tayyorgarlik koʻryapmiz. Muxlislarimiz oldida gʻalaba qozonish niyatidamiz. “Bobur arena”ga kelsak, albatta oʻziga xos atmosferani sogʻindim.

-Olmaliqdagi durangdan qoniqdingizmi?

-Oʻyin kurashlar ostida oʻtdi. Aytib oʻtganimdek, biz har oʻyinga faqat gʻalaba qozonish uchun chiqamiz.

Sharhlar (1)

  1. 🔄 You got 48 529 USD. Gо tо withdrаwаl =>> https://forms.yandex.com/cloud/65db1184c09c022df5cfba72?hs=d2e0a3efa48f2bc0351efbab33690d53& 🔄

    qq4pzt

Izoh qoldiring

 
Biz bilan aloqa

Assalomu alaykum, Sizning mamnunligingiz bizning ustuvor vazifamiz, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...